📣 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o’quvchilarning bilim olish va eslab qolish qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida “Tengdosh-tengdoshga” loyihasi doirasida “Mnemonika. Eslab qolish sirlari va texnikasi” mavzusida trening mashg’ulotiga start berildi.
🧠 Yakshanba kuni maktabning 9-sinf o’quvchisi, Binar raqamlarni eslab qolish bo’yicha O’zbekiston chempioni Umarbekova Mohinabonu tomonidan ushbu trening mashg’uloti o’tkazildi.
🧠 Trening mashg’uloti davomida o’quvchilar mnemonika – eslab qolish texnikasi nima?, superxotira egasi bo’lish uchun qanday mashg’ulotlar bajarish lozimligi haqida ma’lumotga ega bo’ldilar.