TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING KIRISH IMTIHONLARI TOSHKENT SHAHRIDA BO‘LIB O‘TADI

Joriy yilning 25-26-iyul kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga, 26-iyul kuni esa Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

(https://t.me/piimauz/11210)🔔 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

Imtihon o‘tkaziladigan manzillar:
-“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasi
-Moliya instituti qoshidagi “Oliy o‘quv yurtlariaro sport majmuasi

Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma’lumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.