2022-yil 26-30 – mart kunlari M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti hamda Infratuzilma va ta’lim dasturlari jamg‘armasi “ROSNANO guruhi” hamkorligida “Kimyo, fizika, matematika, biologiya” fanlari majmuasi bo‘yicha masofaviy tarzda o‘tkazilgan NANO – XVI “Nanotexnologiyalar – kelajak poydevori!” Butunrossiya olimpiadasida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11 – sinf o‘quvchisi Badalova Maftuna Lutfullo qizi faxrli II – darajali diplom bilan taqdirlandi va Rossiya Federatsiyasidagi oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabulga ega bo‘ldi.

Shuningdek, mazkur olimpiada tashkilotchilari tomonidan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori va ustozlari nomiga minnatdorchilik xatlari yuborildi.