Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni yasharish va yangilanish, mehr-muruvvat, tinchlik va ezgulik ramzi – Navro‘z ayyomi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.

Istiqlol Navro‘z bayramiga yangicha tarovat va joziba baxsh etdi. Azaliy va abadiy bayramimiz – Navro‘z katta tantana bilan muntazam ravishda nishonlana boshlandi. “Barchamiz doimo orziqib kutadigan va katta xursandchilik, shodiyona bilan o‘tkazadigan Navro‘z bayrami biz uchun hayot abadiyligi, tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz saxovatining, ko‘p ming yillik milliy qiyofamiz, olijanob urf-odatlarimizning betakror ifodasi bo‘lib kelmoqda” desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Binobarin, Navro‘z eng ulug‘ qadriyatlarimizdan biri sifatida bugun qalblarimiz va ongu-shuurimizdan mustahkam o‘rin oldi. U ko‘hna olamning qayta yasharishi va yangilanishining betakror timsoliga, qolaversa, xalqimizning aziz va ezgu bayramlaridan biriga aylandi!