- Posted on
- Bayramlar,Tadbirlar,Tashrif,Umumiy,Yangiliklar
- 304 Views
2022-yil 17-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev rahbarligida 2021-yil 10-sentabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 44-son bayoni 29-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari bilan O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Nazarbekov Ozodbek Axmadovich ishtirokida ikki bosqichda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirning birinchi bosqichida maktabning katta konferens zalida o‘quvchilar bilan davra suxbati o‘tkazildi. Suxbat davomida mamlakatimizda madaniyat va san’at yo‘nalishida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar hamda musiqa va san’atga qiziqishi bo‘lgan o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida belgilangan dolzarb vazifalar haqida ma’lumot berdi.
So‘ng, tadbir o‘quvchilarning qiziqtirgan savollariga javoblar shuningdek, o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan “Hush kelding, navro‘z” nomli qo‘shiq bilan yakunlandi.
Tadbirning ikkinchi bosqichida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarining iqtidorli o‘quvchi va talabalarining dastur asosida badiiy chiqishlari bayram tadbiriga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Bunda, Respublika san’at va madaniyat kollejining “Gulshod” folklor ansambli, Glieer nomidagi respublika musiqa maktabining bolalar guruhlari va Botir Zokirov nomidagi oliygohning iste’dodli talabalari faollik ko‘rsatdilar, shuningdek, Mirzo G‘olib mahallasi raisi va faollari mehmon sifatida ishtirok etdilar.
Shu bilan birga, maktab o‘quvchilari o‘rtasida respublikamizdagi barcha hududlarida o‘ziga xos ravishda tayyorlanadigan bahoriy taomlari tanlovi tashkil etildi. G‘oliblar munosib rag‘batlantirildi.
Tadbir so‘ngida, barcha maktab o‘quvchilari va bayram ishtirokchilariga tayyorlangan bayramona dasturxonda bahoriy taomlar, sumalak va to‘y oshi tortiq qilindi. Tadbir o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.