2022-yil 19-oktabr kuni maktabimizda 21-oktabr “O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi”ga bag‘ishlangan “Ona tilim – faxrim, g‘ururim” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi, Abdumurod Tilovov, “Gulxan” jurnali katta muharriri Azimjon Atxamov ishtirok etdilar.
Mehmonlar o‘quvchilarga o‘zbek tili tarixi, uning nufuzi, ahamiyati haqida tahliliy ma’lumot berdilar.
Tadbirda o’quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Tadbir yakunida faol qatnashgan o’quvchilarga mehmonlar tomonidan sara adabiyotlar sovg’a qilindi.








