O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi keng nishonlan maqsadida “Ona tilim- iftixorim” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.

21- Oktabr kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8- “D” sinf o’quvchilari ishtirokida Adiblar huyobonidagi Alisher Navoiy haykali yonida “Ochiq dars” mashg‘uloti tashkil etildi.

Dars mashg‘uloti davomida Alisher Navoiyning o’zbek tili tarixi, uning mavqei, nufuzini oshirishda qo’shgan hissasi haqida o’quvchilarga keng tushuntirildi.
O‘quvchilar xaykal poyiga guldastalar qo’ydilar.