2022-yil 11-mart kuni maktabning tashabbuskor va faol biologiya fani oʻqituvchisi Ochilova Marhabo tomonidan “Organizmlarning jinsiy va jinssiz koʻpayishi” mavzusida “Ochiq dars” mashg‘uloti oʻtkazildi.

Dars mashg‘ulotida ilmiylik, koʻrgazmalilik, ketma-ketlik, mavzularni oʻzaro bogʻliqligi, didaktik tamoyillarga amal qilindi.

Oʻquvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini faollashtirish uchun aqliy hujum, frontal va individual soʻrovlar hamda tezkor savollardan foydalanildi.

Dars mashg‘uloti interfaol usulda tashkil etildi va oʻz maqsadiga erishdi.