❇️ Joriy yilning 25-noyabr kuni Osiyo Taraqqiyoti Banki vakillari va Barqaror rivojlanish va iqlim o’zgarishi departamenti mutaxasisi Jukka Telivuori Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi (https://t.me/ibnsinomaktabuz)ga tashrif buyurdilar.

❇️ Tashrif davomida mehmonlar Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining A.blok – umumta’lim fanlari o’quv binosi, sport majmuasi hamda maktabning “B” blok. – laboratoriyalar binosigagi 4 ta kimyo, 4 ta biologiya va 2 ta fizika fanlariga mo’ljallangan laboratoriyalar hamda o’quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

❇️ Tashrif davomida mehmonlar bilan ingliz tili fani o‘qituvchilari va yuqori sinf o‘quvchilari ingliz tilida maktab faoliyati haqida gapirib, hamrohlik qildilar.