Joriy yilning 27-fevral kuni Osiyo taraqqiyot bankining “O’rta ta’lim uchun STEM” loyihasi guruh rahbari
Mr. Johann (Hans) va guruh rahbari o’rinbosari Kamol Jiyanhodjayev Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurdilar.
Tashrifdan maqsad – maktabda tashkil etilgan biologiya va kimyo fani o‘quv laboratoriyalari hamda oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishish bo’ldi.
Maktabda yaratilgan barcha sharoitlar ularda katta taassurot qoldirdi.

