O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 10-sentabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi buyonining 29-bandida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezident  ta’lim muassasalari agentligining  2021-yil 28-sentabrdagi  03-04/1-1731-sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil 8-fevral kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o‘quvchilari Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari N.Xodjamberdieva va M.To‘xtasinova hamda pedagog tarbiyachi A.Usmonov mas’ulligida O‘zbek milliy akademik drama teatriga tashrif buyurdilar/

Ushbu kun Chingiz Aytmatovning “Momo yer” asari asosida sahnalashtirilgan spektaklni tamosha qildilar.

Asarning bosh g‘oyasi – insoniylik, bardoshlilik va sabr-toqatlilik kabi ezgu tamoyillarini o’zida mujassam qilgan.

 Asar voqealari ikkinchi jahon urushi davrida bo‘lib o‘tgan judoliklar, ayriliqlar, yo‘qotishlar bosh qahramon To‘lg‘anoy timsolida mohirona yoritilgan.

 O‘quvchilar namoyish etilgan asarni zo‘r qiziqish bilan tamosha qilib, tegishli xulosa  chiqardilar. 

Ayni vaqtda, ushbu spektakl  o’quvchilarga yurtimizdagi tinchlik va xotirjamlikni qadriga yetish, shuningdek, yoshlarning kelajagi uchun yaratilayotgan  keng imkoniyatlardan  maqsadli  foydalish zarurligini yana bir bor anglab yetishlariga turtki bo’ldi.