📌 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 7-va 8- sinf o‘quvchilari “O‘zbekiston davlat amaliy san‘at muzeyi”ga tashrif buyurdilar
✅ Ushbu muzeyda XX asr ikkinchi yarmida zamonaviy san‘at talablari darajasida yaratilgan san‘at asarlari, hamda kulollik, chinnisozlik, kashtado‘zlik, gilamchilik, naqqoshlik, zargarlik va boshqa yo‘nalishlardagi milliy hunarmandchilik namunalar to‘plamlari muzey ekspozitsiyasidan joy olgan.
✅ Bu tashrifdan o’quvchilar O‘zbekistonda amaliy san‘atning yaratilishi, buyuk xalq ustalari va ularning qo‘l mehnatlari bilan yaratilgan go‘zal san‘at asarlari haqida keng ma’lumotga ega bo‘lib, o‘z bilim va dunyoqarashini yanada kengaytirdilar.