Joriy yilning 17-sentabr kuni Prezident ta’lim muassasalari agentligining “Maktablar joylashgan hududlari bo‘yicha mavjud muzey va tarixiy obidalarga o‘quvchilarni tashriflarini tashkil eish reja jadvali”ga muvofiq Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 7-“Ye” va 8-“V” sinf o‘quvchilari “O‘zbekiston davlat amaliy san‘at muzeyi”ga tashrif buyurdilar.

Muzey xodimi Usanova Umida o‘quvchilarga muzey tarixi haqida ma’lumot berdi.

Xususan: O‘zbekiston davlat amaliy san‘at muzeyi 1937-yilda Toshkent shahrida ochilgan. Muzey xazinasida XIX-asrning ukkinchi yarmidan to hozirgi kungacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonlik ustalar tomonidan yaratilgan amaliy sanʼat durdonalari yigʻilgan.
Muzeyda XX-asr Iikkinchi yarmida zamonaviy san‘at talablari darajasida yaratilgan san‘at asarlari, hamda kulollik, chinnisozlik, kashtado‘zlik, gilamchilik, naqqoshlik, zargarlik va boshqa yo‘nalishlardagi milliy hunarmandchilik namunalar to‘plamlari muzey ekspozitsiyasidan joy olgan.

Muzeyni qurishda va bezashda Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xiva va boshqa shaharlardan kelgan ustalar qatnashgan.

Bino ganch va yogʻoch oʻymakorligi, naqqoshlik bilan jozibador bezatilgan.

Muzey haqida “Oʻzbektelefilm”da “Amaliy sanʼat muzeyi” (2003), “Amaliy sanʼat muzeyi ekspozitsiyalari boʻylab sayohat” (2004) filmlari ishlangan.

Bu tashrifdan o’quvchilar O‘zbekistonda amaliy san‘atning yaratilishi, buyuk xalq ustalari va ularning qo‘l mehnatlari bilan yaratilgan go‘zal san‘at asarlari haqida keng ma’lumotga ega bo‘lib, o‘z bilimlari va dunyoqarashlarini yanada kengaytirdilar.
O‘zbekiston davlat amaliy san‘at muzeyi o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.