# O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilinganligining 29 yillik bayrami Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida keng miqyosda nishonlanmoqda.
# Dastavval, bugun “Ma’naviyat kuni” tadbirlari doirasida 1-soat “Tarbiyaviy soat” mashg‘ulotlari maktab rahbariyati, sinf rahbarlari, o‘qituvchilar va o‘quvchilar tomonidan Davlat Madhiyasini jo‘r ovoz ila kuylash bilan boshlandi.
“Tarbiyaviy soat” mashg‘ulotlarida Davlat Madhiyasining qabul qilinishi tarixiga oid ma’lumotlar berildi.
🟢 Kunning ikkinchi yarmida “Vatanimni madh etaman!” shiori ostida Davlat madhiyasini kuylash bo‘yicha sinflar o‘rtasida ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.