2022-yil 24-fevral kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Bo‘riyev Dilshod Kubayevich va vazirlikning yoshlar yetakchisi – Jumanazarov Dilshod Shuxratovich ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
✅ Tadbir davomida Bo‘riyev Dilshod Kubayevich tomonidan o‘quvchi-yoshlarga mamlakamizda moliya tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati, yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor vazifalarga alohida to‘xtalib, moliyaviy savodxonlikni yoshlar o’rtasida keng targ’ib qilish bugungi kunning dolzarb masalasi ekanligi haqida tushintirdi.
? Moliya vazirlikning yoshlar yetakchisi Jumanazarov Dilshod Shuxratovich tomonidan o‘quvchilar o’rtasida trening mashg‘uloti tashkil etilib, faol ishtirokchi o‘quvchilarga vazirlikning esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir samimiy ruhda tashkil etilib, o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi va kuchli motivatsiya berdi.