2022-yil 19-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurorlli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o’rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsaddida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Harbiy vrachlar tayyorlash o‘quv batolon komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari mayor Urazali Boubekov, kursantlar Faxriddin Niyozov va Ma’ruf Bozorov ishtirok etdilar.

Suhbat davomida mamlakatimizda fan va tibbiyot yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, harbiy tibbiyot akademiyasi faoliyati, talabalar uchun yaratib berilgan imkoniyatlar hamda kasbga yo‘naltirish borasida belgilab berilgan vazifalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.