Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 7-“V”, 7-“G”, 9-“A” hamda 9-“B” sinf o‘quvchilari “O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi”ga tashrif buyurdilar.

Muzey xodimi Tojiboyeva Malohat Rahmatjonovna o‘quvchilarga muzey tarixi haqida ma’lumot berdi.

Xususan, Muzey Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyo xalqlarining moddiy va maʼnaviy obidalarini saqlash va oʻrganish boʻyicha mamlakatda yirik ilmiy tekshirish markazi hisoblanadi. Hozirgi kunda uning zaxirasida 250 mingga yaqin tarixiy, sanʼat va madaniyat yodgorliklaridan iborat osori atiqalar saqlanadi. Buning 60 mingdan ortigʻini arxeologiya, 80 mingdan ziyodi numizmatika va 16 mingdan ortigʻini etnik yodgorliklari tashkil etganligi to’g’risida ma’lumotlar berildi.

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.