To’rt nafar iqtidorli yoshlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO-2023) ishtirok etish uchun 🇨🇭Shveytsariyaga jo‘nab ketdi.
❇️Joriy yil 16-25-iyul kunlari 55-Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO) ga Shveytsariya davlati mezbonlik qilmoqda. Xalqaro kimyo olimpiadasiga 87 ga yaqin davlatlardan 400 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
Terma jamoa tarkibi:
✅Abdulloh Mahmudov -Toshkent sh., Uchtepa tumani, 81-maktab, 10-sinf;
✅Sohibjon Dilmurodov – Toshkent sh., Prezident maktabi 10-sinf;
✅Shahzoda Hakimova – Toshkent sh, Olmazor tumani, Abu Ali Ibn-Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, 11-sinf;
✅Azizbek Nazarov – Toshkent sh, Olmazor tumani, Abu Ali Ibn-Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, 11-sinf;
Barcha ishtirokchilarimizga omad yor bo‘lsin!