O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev rahbarligida 2021 yil 10 sentabr kuni oʼtkazilgan videoselektor yig‘ilishining 44 – sonli bаyoni 29-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil 30 noyabr kuni Аbu Аli ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga Toshkent viloyati, Bekobod shahridagi “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tashrif buyurdi.
Mehmonlar maktab faoliyati va erishilgan natijalar bilan yaqindan tanishdilar.
So’ng, konferens zalda o‘quvchilar bilan yuzma-yuz uchrashib, “O‘zmetkombinat” AJ faoliyati va kombinatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangi va innovatsion loyihalar haqida taqdimot qildilar.
Axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i J.A.Yarmatov IT yo’nalishida o’z loyihasi bilan o’rtoqlashdi.
Tadbir so’ngida oʼquvchilarning qiziqtirgan savollariga javob berdilar.
Qisqa kunlarda o‘quvchilarni ishlab chiqarish kombinatiga amaliy ekskursiyasini tashkil etish bo‘yicha kelishib olishdi.