✍️ Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda pedagog xodimlarning ijtimoiy va psixologik holatini aniqlash maqsadida trening mashg’uloti o’tkazildi.

✅ Bugun, maktab psixologi Zaynetdinova Nodira Abdurshidovna pedagog – tarbiyachilar uchun “Art-terapiya” va “Temperament tipini aniqlash” metodikasi asosida psixologik trening mashg’ulotini o’tkazdi.

🟢 Natijada pedagog – tarbiyachilar o’zlarining psixologik holati va temperamenti haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lib, pozitiv kayfiyatda mustaqil izohlash orqali kreativ fikr yuritish malakasiga ega bo’ldilar.