Joriy yilning 7-9-avgust kunlari Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 2023-2024-oʻquv yili uchun bo‘sh o‘rinlarga malakali kadrlarni qabul qilish bo‘yicha suxbat jarayoni boʻlib oʻtdi.
Talabgor pedagog kadrlarning bilim, tajriba, malaka va salohiyatini aniqlash hamda ularning ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan kreativ takliflarini bilish maqsadida maktab rahbariyati va yetakchi ekspert ustozlardan shakllantirilgan ishchi guruh tomonidan oʻtkazilgan suhbat natijasida munosib nomzodlar tanlab olindi.
Maʼlumot oʻrnida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida ishlash xohishini bildirgan 150 nafardan ortiq nomzodlar suxbat jarayonida ishtirok etdilar.