Agentlik tizimida 3 ta tayanch ixtisoslashtirilgan maktab – Muhammad al Xorazmiy, Mirzo Ulug’bek va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyat yuritmoqda.

Jumladan:

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab (https://t.me/ictschooluz)ning 48 nafar bitiruvchisi xalqaro IELTS sertifikatini qo‘lga kiritishdi.

Bitiruvchilarimiz xorijiy universitetlardan umumiy hisobda 10 mln AQSh dollardan ziyod miqdoridagi xalqaro va mahalliy grantlarga ega bo‘lishdi.

Mazkur maktabda 100% lik natija ko‘rsatilib, bitiruvchilarning barchasi mahalliy hamda xorijiy OTMlarning talabalariga aylanishdi.

Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning (https://t.me/muimiuz) 29 nafar bitiruvchisidan 23 nafari xalqaro IELTS sertifikatini qo‘lga kiritishdi.

Bitiruvchilarimiz xorijiy OTMlardan umumiy hisobda 6 mln 141 ming 700 AQSh dollari miqdoridagi xalqaro grantlarga ega bo‘lishdi.

Mazkur maktabda 100% lik natija ko‘rsatilib, 29 nafar bitiruvchilarning barchasi mahalliy hamda xorijiy OTMlarning talabalariga aylanishdi.

Shuningdek, maktabning 2 nafar bitiruvchisi “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasi sohiblariga aylanib, AQSHning nufuzli oliygohlariga o‘qishga jo‘nab ketishdi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab (https://t.me/ibnsinomaktabuz) bitiruvchilaridan 54 nafari (94%) oliy ta’lim muassasalariga qabul qilindi.

Ulardan 10 nafari xorijiy OTM lardan umumiy hisobda 209 ming 388 AQSH dollari miqdoridagi xalqaro grantlarga ega bo‘lishdi.

Mazkur maktab o’quvchilari joriy yilda nufuzli xalqaro olimpiadalarda jami 10 ta medal sohibiga aylanishdi.