Hurmatli abituriyentlar!

🏫Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti yangi 2022-2023-o‘quv yili uchun qabul e’lon qiladi!

❓Nega aynan bizning universitet?

➡️”Yangi O‘zbekiston” universiteti siz uchun AQSHning MIT J-Wel, Germaniyaning TUM International GmbH kabi dunyoning eng nufuzli tashkilotlarida amaliyot o‘tash;
➡️Mahalliy va xorijiy professorlar qo‘lida tahsil olish;
➡️Xalqaro standartlarga mos kadr bo‘lib yetishish imkonini beradi!

Fakultet va yo‘nalishlar:

🌐Kimyo muhandisligi
🌐Dasturiy ta’minot
🌐Mexanika muhandisligi
🌐Nano- va ilg‘or materiallar muhandisligi
🌐Sanoat boshqaruvi

Qanday hujjatlar talab etiladi?

1️⃣ Pasport yoki ID karta elektron nusxasi
2️⃣ Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma yoki kollej/ litsey diplomi (agar abituriyent hali ushbu hujjatni olmagan bo‘lsa, o‘rta ta’lim muassasasini bitiruvchisi ekanligi haqida ma’lumotnoma)
3️⃣ IELTS 5.5 (Sanoat boshqaruvi yo’nalishi uchun 6.0) yoki TOEFL iBT 46 (Sanoat boshqaruvi yo’nalishi uchun 60) va undan yuqori ballni ko‘rsatuvchi original sertifikatning elektron nusxasi (ushbu sertifikat haqiqiy ekanligi tekshiriladi)
4️⃣ Oxirgi 3 oy ichida olingan 3*4 rasm.

👉Arizalar 25-apreldan ushbu sayt orqali qabul qilinadi: https://admissions.newuu.uz/

⏳Hujjat topshirish muddati: 25-aprel – 20-iyun

☎️Call-markaz: 71 202 41 11