2021-yil 21-dekabr kuni Prezident ta’lim muassasalari agentligining “Maktablar joylashgan hududlari bo‘yicha mavjud muzey va tarixiy obidalarga o‘quvchilarni tashriflarini tashkil etish reja grafigi”ga muvofiq Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun tarix fanidan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi” hamda “Shahidlar maydoni”da “Ochiq dars” mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida muzeyning tarixi haqida ma’lumot berildi. Xususan:

✅ Qatag‘onlarni xotirlash va e’zozlash, xalq ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlarimizning porloq xotirasini tiklash maqsadida 2002-yil 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi” ochildi. Muzey “Shahidlar xotirasi” maydonining markazida joylashgan bo‘lib, maydonga yanada ko‘rk va fayz bag‘ishlab turibdi. Muzey zali yorug‘ va shinam. Zal markazida “Iztirob haykali” o‘rnatilgan. Unda farzandini kutayotgan ota-ona, o‘z yorini sog‘ingan ayol, ota mehriga to‘ymagan bola tasvirlangan. Devorlarga muzeyni bo‘limlarga ajratuvchi, mavzularga oid, o‘sha davrlarga xos lavha – suratlar osilgan.

Muzey 7 bo‘limdan iborat.
1. XIX asr o‘rtalari va oxirlari.
2. 20-yillardagi qatag‘on.
3. “Quloq”lashtirish davri.
4. 30-yillardagi qatag‘on.
5. 40-50-yillardagi qatag‘on.
6. 80-yillardagi qatag‘on.
7. Mustaqillik yillarida qatag‘onlarni xotirlash va e‘zozlash.
Har bir bo‘limda shu davrga oid hujjatlar, mahfiy qog‘ozlar, rasmlar, davr lavhalari va eksponatlar bor.

❇️ Mashg‘ulot va sayohat davomida o‘quvchilar vatanparvarlik, o‘z xalqiga muhabbat va sadoqat hissini uyg‘otish, ayniqsa, yoshlarimizni bugungi dorilomon kunlar qadriga yetishga, qatag‘on qurbonlari xotirasiga yuksak hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo‘lish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.