Prezident ta’lim muassasalari agentligining “Maktablar joylashgan hududlari bo‘yicha mavjud muzey va tarixiy obidalarga o‘quvchilarni tashriflarini tashkil etish rejasi” amalda.
2022-yil 15-noyabr kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 7-“V”, 7-“G”, 7-“D”, 7-“Ye”, 9-“G” sinf o‘quvchilari “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi” va “Shahidlar maydoni”ga tashrif uyushtirdilar.
Tashrif davomida o‘quvchilarga muzeylarning maqsadi, tarixi, joylashuvi va tegishli bo’limlari haqida ma’lumot berildi.
Har bir bo‘limda saqlanayotgan tarixiy hujjatlar hamda o‘sha davrga oid rasmlar va eksponatlar barchada katta taassurot qoldirdi.
Tashrif davomida o‘quvchilar vatanparvarlik, o‘z xalqiga muhabbat va sadoqat hissini uyg‘otish, ayniqsa, yoshlarimizni bugungi dorilomon kunlar qadriga yetishga, qatag‘on qurbonlari xotirasiga yuksak hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo‘lish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.