✔️ Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilar davomatini tizimli nazorat qilish, ular tomonidan qoldirilgan dars mashg‘uloti mavzulari bo‘yicha mavjud bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan “Qayta topshirish” loyihasi hamda o‘qituvchilar tomonidan dars mavzularini yetkazilganlik darajasi va o‘quvchilarning olgan bilimlarini o‘zlashtirishini tezkor aniqlash bo‘yicha “Ekspress test” sinovlari o‘tgan o‘quv yilidan joriy etilgan.

✔️ Mazkur o‘quv yilida ham ushbu loyiha maktab direktorining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan malakali pedagog xodimlardan tarkib topgan “Ishchi komissiya” tomonidan shaffof va xolisona amalga oshirilmoqda.