Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi N.Zaynetdinova va maktabning “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi M.Ismoilova o‘quvchi qizlari bilan “Qizlar odobi – millat ko‘rki” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

✅ Davra suhbatidan ko‘zlangan maqsad – bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda qizlar o‘rtasida sodir etilayotgan salbiy holatlarga bo‘lgan munosabatlari hamda shu kabi ko‘rinishdagi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlarini kuchaytirish va o‘quvchi qizlarning huquqqiy savodxonligini oshirishdir.

✅ Mazkur davra suhbati davomida o‘quvchi qizlar tomoinidan berilgan savollarga javob va takliflari bo‘yicha munosabat bildirildi.

✅ Davra suhbati yakunida o‘quvchi qizlarning huquqqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan video roliklar namoyish qilindi.