Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida “Yoshlarni ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbus” doirasida o’quvchilarning qiziqishlari bo‘yicha to‘garaklarga jalb etish maqsadida so’rovnomalar o‘tkazildi.
So’rovnoma natijasiga ko‘ra bir-biridan qiziqarli bo‘lgan 15 turdan ortiq to‘garaklarga o‘quvchilar jalb etildi.
Shuningdek, “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo’naltirish va o‘quvchilar o’rtasida sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish maqsadida sportning “Raqs va Badiiy Gimnastika” to’garaklari mashg’ulotlari faoliyatini yuritish boshladi.



