📌 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi “Tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida”gi 248-sonli buyrug‘i asosida tajriba-sinov etib belgilangan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarining umumtaʼlim fanlari boʻyicha oʻzlashtirishini yagona standartlar asosida baholash tartibini amaliyotga joriy etish vazifasini belgilovchi Respublika amaliy seminar-treningi bo’lib o’tdi.

✔️Seminar-treningda O’zbekiston Respublikasining 14 ta hudud fan metodistlariga Respublikaning 500 ta umumta’lim maktablarida baholashning yangi tartibini joriy etish va uning maqsadlari haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarmasi boshlig’i Norboyeva Dilshoda Abdunasimovna, Pedagogik mahorat va xalqaro amaliy markazi direktori Davidova Dilrabo Tadjibayevna, direktor o’rinbosari Saibova Iroda Baxtiyarovna tomonidan keng tushunchalar berildi.