O’zaro hamkorlik ishlarining davomiyligini ta’minlash maqsadida joriy yilning 22 aprel kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 8-9-sinf o‘quvchilari Respublika olimpiya zaxiralari kollejiga tashrif buyurdilar.
Tashrifdan asosiy maqsad: o‘quvchilarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada qo’llab-quvvatlash va ularning qiziqishlari ushbu ta’lim muassasasi bilan yaqin aloqalarni mustahkamlashdir.
Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Sh.Mahmudov bilan ochiq muloqot bo’lib o’tdi.
Vazir o’rinbosari sportning inson hayotidagi o’rni va ahamiyatini tibbiyot sohasiga bog’lagan holda batafsil yoritib berdi. Shu bilan birga, vazirlik tassarrufidagi Respublika Olimpia zaxiralari kollejining tarixi va sportining dovrug‘ini butun dunyoga yoyishda o’rni hamda etishib chiqqan chempionlar haqida ma’lumot berdilar.
So’ng, o’quvchilarimiz kollejda yaratilgan barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar, shuningdek, o’qub bo‘limlari, yotoqxona va dam olish xonalari, kutubxona, suzish havzasi va tashkil etilgan muzey bilan yaqindan tanishdilar.
Shu bilan birga, kollej ma’muriyati va o’quvchilar tomonidan sportning 26 tadan ortiq turlari bo‘yicha maxsus tayyorlangan sportga oid viktorinaga maktabimiz o’quvchilari taklif etildi.
Viktorinada maktab o’quvchilari faol ishtirok etdilar. G‘olib bo‘lgan o‘quvchilar vazirlikning estalik sovg‘alari, kitoblar va sport anjomlari bilan taqdirlandilar.
Tashrif so’ngida, o‘quvchilar uchun turli xalqaro ot sporti musobaqalarida qatnashgan otlarning namunaviy chqishlari namoyish etildi. O‘quvchilarga ushbu otlarda sayr qilish imkoniyati yaratildi.
Tashrif barcha o’quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Kelgusida Respublika olimpiya zaxiralari bilan hamkorlikda sportning ommaviy turlari bo’yicha musobaqalar tashkil etish kelishib olindi.