Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtitsoslashtirilgan maktabida uchrashuv bo’lib o’tdi

Rossiya Federatsiyasi Sibir Davlat Tibbiyot Universiteti (https://ssmu.ru/) bilan hamkorlikda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Turon Fanlar Akademiyasi Akademigi, pedagogika fanlar doktori Tolipova Jamila Olimjonovna o’quvchilarga ushbu universitet haqidagi zarur tushunchalarni berdi.

Xususan, Sibir Davlat Tibbiyot Universitetining qisqacha tarixi , ushbu oliygohga hujjat topshirish shartlari , ta’lim olish bosqichlari hamda grantlari haqidagi ma’lumotlar shular jumlasidandir.

Uchrashuvdan ko’zlangan maqsad ta’lim sohasidagi o’zaro aloqalarni yanada rivojlantirish hamda iqtidorli o’quvchilarni qo’llab quvvatlash bo’ldi.