2022-yil 7-mart kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida erta tongdan barcha o’g’il bola o’quvchilar va ustozlar tashabbusi bilan “Sen aziz va muqaddassan ayol!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar ijrosidagi she’rlar, badiiy chiqish va raqslar bayramga o‘zgacha ruh bahshida etdi.

Bayram so‘ngida maktab ma‘muriyati tomonidan barcha ayol-qizlarga esdalik sovg‘alari hadya etildi.