Joriy yilning 3-fevral kuni O’zbekiston Badiiy Akademyasi Kamoliddin Behzod nomidagi sharq miniatyura sa’nat muzeyida rassom B.Hajimetov va yosh miniaturachi rassomlarning hazrat Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur hamda Kamoliddin Behzod tavalludiga bag’ishlangan “Sharq nafis sa’nati yoshlar nigohida” ko’rgazmali tadbiri bo’lib o’tdi.

Unda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 7-9-sinf o’quvchilari ishtirok etishdi.
Sharq miniatyura sanʼati muzeyida o’quvchilar miniatyura sanʼatiga oid asarlar, nodir qoʻlyozma va toshbosmalar, tarixiy hujjatlar, amaliy sanʼat asarlari va boshqa eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.