📣 Bugun joriy yilning 23-may kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf oʻquvchilari Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasining Xalqaro shaxmat akademiyasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida oʻquvchilar Xalqaro grosmeyster Baxodir Xolmirzayev bilan uchrashib, xalqaro shaxmat akademiyasining tarixi, O’zbekistonlik shaxmat bo’yicha jahon chempionlari, xalqaro shaxmat grosmeysterlari haqida va oʻzlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.

✔️ Ma’lumot uchun, bu yerda asosan 6 yoshdan 18 yoshgacha shaxmatga qiziquvchi oʻquvchilar tahsil oladilar. Ularning orasida yosh chempionlar ham yoʻq emas.

⚡️Ushbu tashrif maktabimiz oʻquvchilarida katta taassurot qoldirdi.