Joriy yilning 16-24-iyul kunlari Shvetsariyada o‘tkazilgan 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari (https://t.me/piimauz/11169) Toshkent shahriga yetib keldi.

O’quvchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi (https://t.me/piimauz/11229?single).

Ma’lumot uchun, 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida 90 ga yaqin davlatlardan 350 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etishdi.