2022-yil 15-aprel kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Sibir Davlat Meditsina Universitetining qabul hay’ati mas’ul kotibi Sannikova Ekaterina Yurevna bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish hamda “Homo novus 2022” olimpiadasi haqida va uning natijalari tog’risida o‘quvchilar bilan qizg’in suxbat bo’ldi.

Tadbir yakunida“Homo novus” 2022 – yil MDH davlatlari o’rtasida o’tkazilgan olimpiadada maktabimizning 10-G sinf o‘quvchisi Nazarov Og’abek 3-o‘rinni egallab Sibir Davlat Meditsina Universitetiga kirish imtixonida 10 ballik imtiyozga ega bo’ldi.