2022-yil 10-fevral kuni Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 8-D, 9-V, 9-G-sinf oʻquvchilari uchun Q.Zoirov nomidagi Sogʻliqni saqlash muzeyi ва O‘zbekiston davlat tabiat muzeyida “Ochiq dars” mashgʼulotlari tashkil etildi.

✅ Maktab o‘quvchilariga pedagog tarbiyachilar A.Usmonov, Sh.Tairova, M.Yaxshiboyevalar hamkorlik qilishdi.
Sog‘liqni saqlash muzeyi ikkita boʻlimdan iborat: birinchi boʻlim – GIGIYENA yo’nalishiga oid va ikkinchi bo’lim jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan O‘rta Osiyoning buyuk qomusiy olimlaridan biri, tibbiyot sohasida oʻchmas iz qoldirgan alloma Abu Ali ibn Sinoning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan.

❇️ O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi – eng keksa, ilmiy-maʼrifiy muassasa hisoblanadi. U 1876- yil 12- iyulda tashkil etilgan. Markaziy Osiyoda birinchilardan boʼlib faoliyat yurita boshlagan.

Muzeyda 4 ta boʼlim:
flora-fauna boʼlimi,
geologiya-geografiya boʼlim, ilmiy-maʼrifat boʼlimi,
fond boʼlimi faoliyat koʼrsatadi.

Muzey fondida 400 mingdan ortiq eksponatlar mavjud bo‘lib, ulardan O‘rta Osiyoda eng yirik entomologiya fondiga kiruvchi 300 mingdan ortiq eksponat, 4 mingga yaqin umurtqali hayvonlar turlari va 500 ta tuxumlar kolleksiyasi mavjud.
Shuningdek, ming varaq gerbariydan iborat botanika fondi hamda zoologiya va geografiya materiallari saqlanadi.

Ushbu ochiq dars o‘quvchilarda katta tassurot qoldirib, ixtisoslik fanlarini yanada mukammal o‘rganishlariga zamin bo‘ldi.