O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbusi”ning 1-yo’nalishi doirasida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan “Sohibqironni yod etib” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari, pedagog tarbiyachilar va “Drama to‘garagi” a’zolari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Tadbir juda ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, barchada katta taassurot qoldirdi. Unda Mirzo G‘olib mahallasi faollari mehmon sifatida qatnashdilar.