Joriy yilning 31- yanvar – 3 frvral kunlari o’quvchilarning intellektual salohiyatini oshirish hamda xalqaro olimpiadalarga saralab olish maqsadida 7-11-sinf o’quvchilari o’rtasida Agentlikning “STEAM” (biologiya, kimyo, matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari, science) fanlari bo‘yicha olimpiadasining maktab bosqichiga start berildi.
Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida “KIMYO” fanidan olimpiada 2 bosqichda yozma va test sinovlari shaklida shaffoflik va adolatlilik tamoyillari asosida bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot o’rnida aytib o’tish lozimki, olimpiadani natijalariga ko’ra eng yuqori ball to’plagan o’quvchilar keyingi bosqichga qatnashish imkoniyatini qo’lga kiritadilar.