Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Lapino saraton markazi (RF) ning iqtidorli onkolog-jarrohi, tibbiyot fanlari nomzodi Jasur Maxirovich Madyarov bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
✔️ Uchrashuv davomida Jasur Maxirovich Madyarov tibbiyot sohasining aynan onkologiya yo’nalishi bo’yicha o’z bilim va tajribalarini o’quvchilar bilan o’rtoqlashdi.
✔️ Ma’lumot o’rnida, Butunrossiya ProDoctors mukofotiga ko’ra Jasur Maxirovich Madyarov birinchi o’rinni egallagan va Rossiya Federatsiyasining eng yaxshi 10 ta yosh onkologlari qatoriga kirgan.




