2021 yil 14 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan “Talaba va o’quvchilar orasida kimyoviy texnologiya bo‘yicha fan festivali-2021” o‘tkazildi.

Festivalni Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Turdiqulova Shahlo O‘tkurovna ochib berdi. So‘ng, ular mamlakatimizda kimyo va biologiya fanlarini va texnologiyalarini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda yaratilgan sharoitlar, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan imkoniyatlar va uning natijasida erishilgan yutuqlarni faktlar asosida qayt etdi va videorolik namoyish qlindi.

Tadbirda ishtirok etgan respublika va xalqaro fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talaba va o‘quvchilar vazirlikning diplomlari va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Xususan, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 4 nafar xalqaro va respublika fan olimpiadalari g‘olib o‘quvchilar A.Jamolov, Sh.Hakimova, A.Bahodirov, I.Boymahammadov rag‘batlantirildilar.

SHuningdek, maktabning 50 nafar faol o‘quvchilari Innovatsion rivojlanish vaziri qoshidagi “Yoshlar akademiyasi” a’zoligiga qabul qilindi.

Tadbir so‘ngida yosh iqtidorli o‘quvchilarga samimy tilaklar bildirildi.