⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tabiiy fanlarga ixtisoslashgan sinf oʻquvchilari Kimyo fanidan laboratoriya mashgʻulotlarida ishtirok etish, ilgʻor tajribalarni oʻrganish maqsadida kelishdi.
🔬Kimyo fani boʻyicha oʻtkazilgan nazariy va amaliy mashgʻulotlar, fanlar integratsiyaga asoslangan tajribalar oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotdi va ularning fan asoslarini oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqlarini yanada oshishiga zamin yaratdi.




