Agar teatrning ma’nosi faqat ko’ngilochar tomoshada bo’lsa, ehtimol unda bu juda ko’p ishlashga arzimaydi.
Ammo teatr hayotni aks ettiradi.
©️Stanislavskiy.
Joriy yilning 3-mart kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinf o’quvchilari O’zbek Milliy Akademik Drama Teatriga tashrif buyurishdi.
Unda “Keldi-yu ketdi” spektakli namoyish etildi.
Ushbu spektakldan o’quvchilar o’zlari uchun mustahkam oila qurishda nimalarga e’tiborli bo’lishlari kerakligi, oilaning inson hayotida nechog’lik muhim ekanligi kabi bir qancha yuksak tushunchalarga ega bo’ldilar.





