2021-yil 22-dekabr kuni Prezident ta’lim muassasalari agentligining “Maktablar joylashgan hududlari bo‘yicha mavjud muzey va tarixiy obidalarga o‘quvchilarni tashriflarini tashkil eish reja grafigi”ga muvofiq Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun tarix fanidan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi hamda “Temuriylar tarixi davlat muzeyi”da “Ochiq dars” mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida muzeylarning tarixi haqida ma’lumot berildi. Xususan:

❇️ O‘zbekiston tаrixi dаvlаt muzeyi — O‘zbekiston Fanlar Аkademiyasining yirik ilmiy tekshirish va madaniy-maʼrifiy muassasalaridan biri. 1876 yilda Toshkent muzeyi nomida tashkil etilgan. 1992 yilda Vazirlar Mahkamasining 203-sonli qarori bilan O‘zbekiston tаrixi dаvlаt muzeyi nomi bilan qayta tashkil etildi.
Hozirgi kunda uning zaxirasida 250 mingga yaqin tarixiy, sanʼat va madaniyat yodgorliklaridan iborat osori atiqalar saqlanadi. Buning 60 mingdan ortigʼini arxeologiya, 80 mingdan ziyodi numizmatika va 16 mingdan ortig‘ini etnografik yodgorliklari tashkil etadi.

✅ Temuriylar tarixi davlat muzeyi 1996-yil 18-oktabr kuni Sohibqiron tavalludining 660-yilligi munosabati bilan Amir Temur xiyoboniga tutash hududda barpo etilgan. Muzey uch qavatdan iborat.

Muzeyning balandligi 31, diametri 70 metrni tashkil etadi. Muzey gumbazini yoritib turgan “Zumrad” deb nomlangan muazzam qandilning og‘irligi ikki tonnadan oshadi. Unga besh yuzta yoritgich jamlangan.

✳️ Mashg’ulot davomida o‘quvchilar mamlakatimiz tarixi hamda Amir Temur va temuriylar davri bo‘yicha bilimlari yanada mustahkamlandi.

✅”Ochiq dars” mashg‘uloti o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.