2021-yil 17-dekabr kuni Prezident ta’lim muassasalari agentligining “Maktablar joylashgan hududlari bo‘yicha mavjud muzey va tarixiy obidalarga o‘quvchilarni tashriflarini tashkil eish reja grafigi”ga muvofiq Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun tarix fanidan “Temuriylar tarixi davlat muzeyi”da “Ochiq dars” mashg’uloti tashkil etildi.

Mashg’ulot davomida muzeyning tarixi haqida ma’lumot berildi. Xususan:

Muzey 1996-yil 18-oktabr kuni Sohibqiron tavalludining 660-yilligi munosabati bilan Amir Temur xiyoboniga tutash hududda barpo etilgan. Muzey uch qavatdan iborat.

Muzeyning balandligi 31, diametri 70 metrni tashkil etadi. Muzey gumbazini yoritib turgan “Zumrad” deb nomlangan muazzam qandilning og‘irligi ikki tonnadan oshadi. Unga besh yuzta yoritgich jamlangan.

Mashg’ulot davomida o‘quvchilar Amir Temur va temuriylar tarixi bo‘yicha bilimlarini yanada mustahkamlandi.

“Ochiq dars” mashg’uloti o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.