Joriy yilning 15 oktyabr kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 10- A sinf òquvchilari shahrimizdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashtif buyurdi. Tashrif davomida òquvchilar muzey xaqida ozlarini qiziqtirgan ma’lumotlarga ega bòldilar. Jumladan;
Temuriylar tarixi muzeyi – 1996- yilda buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 660 yilligi sharafiga ochilgan. Muzeyning uch qavatli binosi gumbaz bilan klassik sharqona bezatilgan. Binoning ichki qismi marmar, noyob rasmlar, betakror naqshlar va oltin suvi bilan bejirim bezatilgan. Zallar devorlarida Amir Temurning hayoti, shuningdek o‘sha davrlarni aks ettiruvchi rasmlar aks etgan. Muzeyning eng maftunkor qismi – balandligi 8,5 metr bo‘lgan billur qandil bo‘lib, undagi 106 ming marjondan iborat.Muzey fondida 3 mingdan ortiq eksponatlar mavjud. Bu yerda o‘rta asrlarga oid zargarlik buyumlarini, kiyim-kechaklarni, musiqa asboblari, mehnat anjomlari va boshqa buyumlarni ko‘rib Amir Temur davlati tarixi bilan tanishdilar.