10–15 may kunlari Toshkent shahrida 56-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Olimpiadaning mutlaq g‘olibi moskvalik Ignatiy Tarabrin maktabi o‘quvchilari bo‘ldi.

Foto: Kun.uz

56-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi Prezident ta’lim muassasalari agentligi, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining kimyo fakulteti va EuroChem kompaniyasi hamkorligida Toshkentda o‘tkazildi.

Bu yilgi olimpiadada 16 mamlakatdan 100 nafarga yaqin o‘quvchi ishtirok etdi. Ular 28ta bronza, 18ta kumush va 9ta oltin medal uchun kurash olib borishdi. Olimpiada Toshkent shahrida kunduzgi formatda, 2ta nazariy va 1ta tajriba bosqichi shaklida o‘tkazildi.

O‘zbekiston terma jamoasi 1ta oltin, 4ta kumush va 5ta bronza medalini qo‘lga kiritdi, deb xabar qilmoqda Prezident ta’lim muassasalari agentligi.

Oltin medal – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Azimjon Jamolov.

Kumush medal – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari Maftuna Badalova, Ikromiddin Boymahamadov, Emirali Gafarov; Toshkent shahridagi 81-IDUM o‘quvchisi Abdulloh Mahmudov.

Bronza medal – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari Shahzoda Hakimova, Azizbek Nazarov; Navoiy shahridagi 11-AFChO‘IM o‘quvchisi Sherzod Shaymatov, Buvayda tumanidagi 2-IDUMI o‘quvchisi Ozodbek Meliqo‘ziyev, G‘uzor tumanidagi 68-DMI o‘quvchisi Murodbek Ergashev.

Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasining mutlaq g‘olibi moskvalik Ignatiy Tarabrin maktabi o‘quvchilari bo‘ldi. Ularga 2 million rubl miqdoridagi akademik Valeriy Lunin mukofoti taqdim etildi.

Manba: www.kun.uz