Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktorining 2022-yil 7-fevraldagi 11-AF-sonli buyrug‘i bilan “Uchinchi renessans – yoshlar nigohida” nomli loyihalar tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovdan ko’zlangan asosiy maqsad: o‘quvchi-yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, jamiyatda olib borilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirish, ularning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, pedagoglarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi faolligini oshirish, ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish, iqtidorli o‘quvchilar va pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish orqali ularning ta’lim va ilm-fanga qiziqishlarini yanada oshirish.
Tanlovning “O‘quvchi-yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noan’anaviy usullari nominatsiyasi” bo‘yicha:
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning pedagog tarbiyachi Sh.Zaripov rahbarligidagi “EVEREST” o’quvchilar jamoasining “ECO-PROTECT” loyihasi g’olib deb topillib 1-o‘rinni egalladi
G‘oliblar Agentlik tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.
Barcha loyiha a’zolarini tabriklaymiz!