O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Innovatsiyalar Milliy ofisi, Al Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada maktabi va Yoshlar akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan “ULUG‘BEK IZDOSHLARI” olimpiadasining 4-bosqichida matematika fanidan o‘qituvchilar o‘rtasida muvaffaqiyatli ishtiroki uchun Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o‘qituvchilari oliy toifali Niyazmuxamedova Dilbar Sunnatovna hamda 1-toifali Qurbonov Mardonbek Qadambayevich SERTIFIKAT bilan taqdirlandilar.

