10-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilinganligining 29 yillik bayrami munosabati bilan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida “Vatanimni madh etaman!” shiori ostida Davlat madhiyasini kuylash bo‘yicha sinflar o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

Asosiy maqsad – o‘quvchi-yoshlar qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini, milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyg‘otishdan iboratdir.

Ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin 7-“G” sinf,
2-o‘rin 8-“G” sinf,
3-o‘rin 8-“E” sinf o‘quvchilari munosib deb topildi hamda maktabning faxriy yorlig‘i va estalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.